Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi

Shukurov Shaxzod
Green circle image Siyosiy Green circle image 11:06 | 10.11.2025

Xabaringiz bor, 2024-yil 13-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi sobiq direktori Xamidov Vohid Sobirovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etilgandi.


2024-yil fevral oyidan buyon esa ushbu lavozimga hech kim tayinlanmagandi. Ta’limni rivojlantirish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajarib turish esa, direktor o‘rinbosari Risyukova Yuliya Vasilyevnaga yuklatilgandi.


U ikki yilga yaqin vaqt davomida Ta’limni rivojlantirish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajarib keldi.


Joriy yilning 4-noyabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevnaning o‘zi aynan shu lavozimga rasman tayinlandi. 




Tayinlov haqidagi farmoyishni Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova o‘qib eshittirdi.

#Universitet
Eye image Eye image 86
Like icon Liked icon Like icon (dark mode) 2
Message image Message image 5

Eng so'nggi yangiliklar