O'qituvchilarning diagnostika test natijalarida yiqqan ballariga ko'ra qanday shaklda malaka oshirishi ma'lum bo'ldi

Qamariddin Shayxov
Green circle image Title Green circle image 11:38 | 08.10.2025

4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgandi. 


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, o‘qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko‘ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilandi:

➖ 76-100 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);

➖ 56-75 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o‘quv dastur asosida 1-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3-yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);

➖ 31-55 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 1-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3-yili ishdan ajralgan holda (offlayn);

➖ 0-30 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar to‘rtinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

#Siyosiy #Maktab
Eye image Eye image 444
Like icon Liked icon Like icon (dark mode) 5
Message image Message image 5

Eng so'nggi yangiliklar