Direktor o'rinbosarlarining barchasi 100 foiz offlayn shaklda malaka oshiradi

Shukurov Shaxzod
Green circle image Fan Green circle image 11:12 | 23.01.2024

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra direktorning ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining barchasi hududiy malaka oshirish markazlarida, ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshirishi belgilandi.

Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktab direktorlarining 60 foizi offlayn shaklda, 40 foizi esa onlayn shaklda malaka oshirishi belgilandi.

Ma’lumot uchun:

Maktab amaliyotchi psixologlarining 51 foizi (offlayn) hududiy malaka oshirish markazlarida, 19 foizi "Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasida" (onlayn), 30 foizi pedagogika yo‘nalishidagi oliygohda yoki nodavlat ta’lim tashkilotida malaka oshiradi.

Kutubxona xodimlarining barchasi ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

#Siyosiy
Eye image Eye image 299
Like icon Liked icon Like icon (dark mode) 0
Message image Message image 0

Eng so'nggi yangiliklar