Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi

Shukurov Shaxzod
Green circle image Fan Green circle image 11:12 | 23.01.2024

2024-yil 15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) Toshkent davlat pedagogika instituti, Fargona davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutida malaka oshirishadi.

Shu sababli, Maktabgacha va maktab talimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kursi oqitish rejasida Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kiritilmagan.

Belgilangan tartibga kora Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga yoki birinchi bor ishga kirgan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarorida qayd etilgan.

#Maktab #Universitet
Eye image Eye image 45
Like icon Liked icon Like icon (dark mode) 0
Message image Message image 4

Eng so'nggi yangiliklar