Feruza Najmiddinova Murodulla qizi
Direktor o'rinbosari
Феруза Муродулла қизи Нажмиддинова 1992 йил Тошкент шаҳрида туғилган. Миллати – ўзбек. Маълумоти – олий. 2011-2015 йилларда Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти бакалавриатини, 2015-2017 йилларда магистратурани тамомлаган.
Нажмиддинова 2019 йилнинг март ойидан буён QALAMPIR.UZ интернет нашри мухбири ўлароқ фаолият бошлади. Айни вақтда “QALAMPIR” МЧЖ директори ўринбосари лавозимида фаолият юритиб келмоқда.
Феруза Нажмиддинова 2021 йил Ўзбекистон журналистлари ижодий уюшмасининг “Йилнинг энг фаол журналисти”, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг фармони билан Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 30 йиллиги эсдалик нишони, “Инсон ҳуқуқлари ҳимояси учун” кўкрак нишони билан тақдирланди.
Mashhur maqolalari
Maktablardagi yangi baholash tizimini bekor qilish haqidagi petitsiyaga 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ildi
Jamoaviy murojaatga ovoz berish uchun hali 63 kun qolgan bo‘lishiga qaramay, u 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ishga ulgurdi. Ammo ushbu petitsiyaga qarshi ovoz berganlar ham yo‘q emas.
Ta’limga oid hujjatlar vazirlik ‘‘seyfidami’’?
Biz ko‘taradigan muammoning ko‘lami keng, lekin buni vazirlik hali-beri his qilmaydiganga o‘xshaydi. Chunki, tizim katta, vazirlik esa muammolar ildizini mutlaqo boshqa joydan qidirib yurgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi "Yil ayoli" tanlovi g'olibi bo'ldi
Jizzax shahridagi 26-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova Oliy Majlis Senati tomonidan o'tkazilgan "Yil ayoli" tanlovi g'olibi bo'ldi.