Maktablardagi yangi baholash tizimini bekor qilish haqidagi petitsiyaga 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ildi

Феруза Нажмиддинова
Green circle image Cпорта Green circle image 11:49 | 09.10.2025

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Родители против 100 бальной системы обучения!” (Ota-onalar 100 ballik o‘qitish tizimiga qarshi) sarlavhasi ostida petitsiya e’lon qilingandi.


Jamoaviy murojaatga ovoz berish uchun hali 63 kun qolgan bo‘lishiga qaramay, u 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ishga ulgurdi. Ammo ushbu petitsiyaga qarshi ovoz berganlar ham yo‘q emas. Ya’ni, xuddi shuncha respondentlar ushbu murojaatga qarshi ovoz ham bergan.



Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar, shuningdek jamoatchilik faollari ochiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, qarshi ovozlarni yig‘ishda o‘qituvchilarni majburlov yo‘li orqali amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. (12)


Ovoz berishga majburlaganlik uchun javobgarlik bormi?


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlisi Senati kengashining qo‘shma qarori bilan “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.


Nizomning 2-bob, 14-bandiga ko‘ra, eng birinchi navbatda, murojaat qilish huquqi ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi lozim. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilish yoki unga qarshi chiqish harakatlarida ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.


Ya’ni, biron-bir taklifni ilgari surib murojaat qilish ham, petitsiyani qo‘llab-quvvatlovchi ovozlar ham, unga qarshi beriladigan ovozlar ham majburiy tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. 

Shuningdek, nizomning 20-bandiga ko‘ra, murojaat tashabbuskorini, uning oila a’zolarini murojaat berilishi munosabati bilan ta’qib etish ham taqiqlanadi. 
Ushbu normalarni buzganlikda aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.


Qarshi ovozlar ahamiyatga egami?


Nizomning 28-band, 2-xatboshiga ko‘ra murojaat bo‘yicha umumiy ovoz berish qo‘llab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar soni to‘planganidan keyin tugallangan deb hisoblanadi.


Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomiga yo‘llangan murojaat kamida 10 mingta qo‘llab-quvvatlovchi ovoz yig‘ishi kerak bo‘ladi.


Qo‘llab-quvvatlovchi zarur miqdordagi ovozlar sonini to‘plagan murojaat moderator tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmay vakolatli davlat organiga yuboriladi. Ya’ni, nizomda faqat qo‘llab-quvvatlovchi ovozlar haqida so‘z borgan bo‘lib, petitsiya bir vaqtning o‘zida qarshi ovozlar olgan taqdirda murojaat rad etilishi haqida norma belgilanmagan.


Yangi baholash tizimi bekor qilinadimi?


Nizom talablariga muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi. 


Nizomning 35-bandiga muvofiq, tegishli vakolatli davlat organi murojaatni ko‘rib chiqib, asoslantirilgan qaror qabul qilishi belgilangan.


Endilikda, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan murojaat yuzasidan tegishli davlat idoralari tomonidan rasmiy ko‘rib chiqilishi va asoslantirilgan tarzda qaror qabul qilinishi kerak bo‘ladi.


Shundan so‘ng ayrim maktablarda joriy qilingan yangi baholash tizimini bekor qilish yoki bekor qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.


Ma’lumot uchun: 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etildi, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa mazkur maktablarning har biriga 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi 1 500 taga oshirildi.


2025-yilda yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta’lim maktablar sonini 1 500 tadan 3 000 taga yetkazish reja qilinayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Tanaffus” podkastining 5-sonida yangi baholash tizimi muhokama qilingan. Ko‘rsatuvni YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 
#Школа
Eye image Eye image 219
Like icon Liked icon Like icon (dark mode) 6
Message image Message image 15

Последние новости

rasm
Новости
1 месяц назад
Eye image Eye image 129

Учителя физической культуры и музыки будут проходить аттестацию в ином порядке.

Министерство дошкольного и школьного образования вновь напомнило, в какой форме проводятся аттестационные испытания для учителей физической культуры и музыкальной культуры.

rasm
Новости
1 месяц назад
Eye image Eye image 81

Теперь учителя старших классов не смогут учиться в начальной школе

Согласно внесенным дополнениям и изменениям, учителя старших классов больше не смогут получать доступные часы уроков в начальных классах.

rasm
Новости
1 месяц назад
Eye image Eye image 132

Стало известно, в каком виде учителям будет повышена квалификация по результатам диагностического тестирования.

Приказом министра дошкольного и школьного образования № 577 от 28 декабря 2023 года утвержден план подготовки руководителей и педагогов на курсах повышения квалификации на 2024 год.

rasm
Новости
1 год назад
Eye image Eye image 52

Все заместители директора проходят 100-процентное обучение офлайн.

Принято решение, что все заместители директора пройдут обучение в региональных учебных центрах в отрыве от работы (офлайн).